Bugun Tuman axborot-kutubxona markazida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O`zbekiston Respublikasi aholisiga Axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishni yanada takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-4354-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarori ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev raxbarligida 2019 yil 19 martda o‘tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayonida belgilab berilgan vazifalarga muvofiq, umum ta’lim maktab kutubxonachilarining ish faoliyatini takomillashtirish va me’yoriy hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish maqsadida. Tuman axborot-kutubxona markazining malakali xodimlari tomonidan tumandagi 1-4-21-24-36-41-43-46-48-8 IDUM -umum ta’lim maktab kutubxonachilariga O‘quv-amaliy seminar 3-kuni bo’lib o‘tdi.
