Maktab kutubxonachilariga uslubiy yordam ko’rsatish

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari  tomonidan  tumanning 38- va 40-sonli umumta’lim maktablari kutubxonalarida metodik-amaliy yordam ishlari olib borildi. Tashrif davomida kutubxonachilarning faoliyati, fond holati, kitoblar bilan ishlash jarayonlari hamda o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Mutaxassislar tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda ko‘mak ko‘rsatildi:
Kutubxona fondini tartibga solish, klassifikatsiya va indekslash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Elektron statistik hisobotlarni yuritish, AKM bilan uzviy hamkorlik qilish tartibi tushuntirildi.
“Yosh kitobxonlar haftaligi”, “Kitobxonlik tanlovlari” kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Kutubxonaga yangi adabiyotlar tanlovi, o‘quvchilarni kitob o‘qishga jalb qilish usullari, kitob ko‘rgazmalarini to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.