Ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi.

Yangiliklar

⚡️Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ma’naviy-ma’rifiy sayohatga chiqishdi.Sayohat  doirasida ishtirokchilar Termiz shahrida joylashgan muqaddas ziyorat maskani – Al-Hakim At-Termiziy maqbarasiga tashrif buyurishdi.

➖Sayohat davomida yoshlar ulug‘ alloma hayoti va ilmiy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbirning asosiy maqsadi –  vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, milliy qadriyat va tarixiy obidalarimizga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi.