«Ma’naviyat festivali’

Yangiliklar

26-iyul kuni Muzrabot tumani «Shodlik bog’ida» «Biz bir bo’lsak -yagona xalqmiz, birlashsak- Vatanmiz» shiori ostidagi «Ma’naviyat-festivali» bo’lib o’tdi. Festival doirasida Respublikamizdan bir guruh taniqli xalqimiz ardog’odagi aktyotlar , xonanda, rejissiyor va yozuvchilar tashrif buyurdilar.
Yoshlar – ertamiz egalari, kelajagimiz bunyodkorlari, davlatning asosiy va bebaho boyligidir. O‘zbekistonning har bir farzandi, xalqimizning birdamligi, mamlakat yaxlitligi uchun kurashib yashashni o‘z hayotining ma’nosi deb bilmog‘i kerak!
Xalqimizning fidokorona mehnati, g‘ayratu shijoati bilan Yangi O‘zbekiston orzusi real haqiqatga aylanmoqda. Xalqaro maydonda Vatanimizga nisbatan hurmat va e’tibor tobora ortib bormoqda.
Prezidentimizni olib borayotgan oqilona siyosatlari natijasida barcha mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatilib, yillar davomida yechimini kutayotgan muammolar hal etildi va etib borilmoqda.
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari «Ma’naviyat festivali»da markazga kelgan yangi adabiyotlar targ’ibotini o’tkazishdi va kitobxon yoshlarga, kitobxon onalarga kerakli tavsiyalarini berishdi.