“Ma’naviyat nuri so’nmasin INFOLIB davom etsin!”

Yangiliklar

“INFOLIB OʻZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi va “Ma’naviyat nuri so’nmasin INFOLIB davom etsin!” Yosh kutubxonachilar V- forumi doirasida joriy yilning 14-noyabr kuni Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi, tumanning  13-sonli MDMT va tumanning 1- maktab o’quvchilari hamkorligida “INFOLIB OʻZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi  yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Yopilish marosimda  kuy-qo’shiqlar, raqslar, kitob ko’rgazmalari tashkil etildi. Yopilish marosimi davomida “INFOLIB OʻZBEKISTON-2025” haftaligi davomida faol ishtirok etgan ishtirokchilar va “Men yozuvchi bo’lsam…” deb nomlangan insholar tanlovi g’oliblari faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.