Maqsadimiz kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish.

Yangiliklar

📚 Uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatildi
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi 55-maktab kutubxonasida uslubiy-amaliy yordam ishlari olib borildi. Tashrif davomida maktab kutubxonasining ish yuritish hujjatlari, kitob fondining joylashuvi va hisobga olish tartibi o‘rganildi hamda mavjud kamchiliklar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, kutubxonachi bilan suhbat o‘tkazilib, kitobxonlarni kutubxonaga jalb etish, kitob targ‘ibotini samarali tashkil etish, ko‘rgazmalar tayyorlash va zamonaviy axborot xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur uslubiy-amaliy yordam kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.