📚 Jadidchilik namoyandalari
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida 1-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Jadidchilik namoyandalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga jadidchilik harakatining mazmun-mohiyati, uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari hamda xalqni ilm-ma’rifatga chorlashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, jadid bobolarimizning millat ravnaqi, ta’lim tizimini isloh qilish va yangi usul maktablarini tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlari haqida fikr yuritildi.
O‘quvchilar jadid adib va ma’rifatparvarlar ijodidan namunalar keltirib, o‘z mulohazalarini bildirdilar. Tadbir yosh avlod qalbida tariximizga hurmat, milliy o‘zlikni anglash va ma’rifatga intilish tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
📖 Ma’rifat — taraqqiyot poydevori!

