Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan Yo‘lchi MFYda “Ma’rifat ulashamiz — buvijonim o‘gitlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida mahalla onaxonlari, nuroniy buvijonlar hamda yoshlar ishtirok etdi. Suhbat davomida buvijonlarimizning hayotiy tajribasi, oilaviy qadriyatlar, odob-axloq, kitobxonlikning ahamiyati hamda farzand tarbiyasidagi muhim jihatlar haqida samimiy fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish hamda yoshlarni ma’rifat va kitobxonlikka keng jalb etishdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

