Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Xulkaliyeva S. tumanning 13-DMTT muassasasida bo‘lib, markazga kelgan yangi ertak kitoblari bilan tarbiyalanuvchilarni quvontirdi.
Tashrif davomida bolajonlarga yangi ertak kitoblari tanishtirilib, ularning mazmuni haqida sodda va qiziqarli tarzda ma’lumotlar berildi. Rang-barang va ibratli ertaklar kichkintoylarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Mazkur tadbir bolalarda kitobga mehr uyg‘otish, ularning tasavvur doirasini kengaytirish hamda mutolaa madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi. 📚✨

