🧵📚 Mehnat va ma’rifat uyg‘unligi 📚🧵
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Vallayeva N. Tumanning “Yangi hayot” mahallasida joylashgan ayollar tikuv sexida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda kitob va mutolaa targ‘iboti o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Targ‘ibot jarayonida ayollar uchun mo‘ljallangan badiiy va ma’rifiy adabiyotlar tanishtirilib, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📖 Kitob — ayol ma’naviyatining tayanchi, jamiyat taraqqiyotining asosi!

