Mehrjon — bu mehnat, baraka va shukronalik bayrami. Bu fasl tabiatning eng saxovatli, eng mehrli pallasi bo‘lib, ona zamin o‘z bag‘ridan mo‘l ne’mat hadya etadi. Shu boisdan Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida tumanning 1-maktabining 2-sinf o’quvchilari bilan hamkorlikda “Mehrjon” bayrami arafasida “Sahovatli kuz” nomli tadbir va rang-barang ko‘rgazma tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazma xalqimizning qadimiy qadriyatlari, mehnatsevar dehqonlarimizning fidokorona mehnati va yurtimiz dalalarida pishib yetilgan mo‘l hosilni madh etuvchi bayramona ruhda o‘tkazildi.
Ko‘rgazma nafaqat ko‘zni quvontirdi, balki mehmonlarda mehnatsevar insonlarga, dehqon va bog‘bonlarga nisbatan chuqur hurmat va ehtirom tuyg‘usini uyg‘otdi.
Mehrjon bayrami shukronalik, bir-biriga mehr va saxovat ulashish, tabiat in’omlariga ehtirom bilan qarash bayramidir. Shu ruhdagi “Sahovatli kuz” ko‘rgazmasi AKMda iliq kayfiyat, bayramona muhit va go‘zal taassurotlar bag‘ishladi.

