Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi. Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida Men mualifman» «Ko’rik-tanlovining (1-sektor) bosqichi» bo’lib o’tdi. Unda tuman Hokimligi, tuman Xalq ta’lim bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muzrabot tuman bo‘linmasi hamda tuman Аxborot-kutubxona markazi hamkorligida tumandagi kitobxon yoshlari o‘rtasida “Men mualifman» ko‘rik-tanlovi tashkil etilib hududiy (1-sektor) bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda tumandagi 2-5-15-16-47-57- umumta’lim maktab kitobxon yoshlari o’rtasida bo‘lib o‘tdi. Tanlovni tuman Axborot-kutubxona markazi direktori B.Xursanov ochib, berdi. Hamda ko’rik-tanlov ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.
