Kitob insonning eng yaxshi do‘sti va maslahatchisi, uning donolik va bilim manbaidir. Kitob tafakkur quroli, xazina kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun xalqimiz uni qadrli, obro‘li, muqaddas deb bilgan. Shu bois kitobga muhabbat, qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Inson madaniyati uning kitobida aks ettirilgan.Va nihoyat Prezident Sh.Mirziyoevning mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi asosida jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an`analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning ma`naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg`usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo`lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Jumladan, 5 tashabbus yo`nalishi asnosida kitobga mehr-muhabbat kuchaytirildi. Natijalar samarasi o`laroq bolalar o`rtasida turli tadbirlar kitobxonlik kechalarida bellashuvlar o`tkazilib ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ko`p kitob o`qigan kitobxon turli nominatsiyalarda moddiy va ma`naviy rag`batlantirilmoqda, jumladan qimmatbaho buyumlar, hatto, mashinalar sovg`a qilinmoqda. Bu orqali bolalarning, kitobga oshno qalblarning ming yashirin qirralari ochilmoq Men muallifman» ko’rik-tanlovining hududiy (1-sektor) da, o`zlarini namoyon etishmoqda. Shu islohotlar samarasi asnosida Muzrabot Axborot-kutubxona markazi, Resspublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda «bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda 2, 14, 23, 57- maktab 7-8-sinf o’quvchi yoshlari ishtirok etishdi.