«Men muallifman» «Ko’rik-tanlovining tuman bosqichi.»

Yangiliklar

Kitob – inson umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘lguvchi sodiq do‘st. Insonning ruhiy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitobchalik kuchli qudratga esa vosita yo‘qdir. Shu boisdan, azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan. Tarbiyaning barcha mezon va unsurlari, avvalo, oilada shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashda ham oilaning o‘rni nihoyatda kattadir.  Kitob dunyosiga oshufta, adabiy olamga hamnafas, badiiyatdan bahramand qalb egasi o‘zidagi bu tuyg‘u va fazilatlarni atrofidagilarga, ayniqsa, oilasiga ham yuqtirishi, singdirishi ehtimoli yuqori. Shu munosabati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda «Men muallifman» Ko’rik-tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Unda tuman maktab o’quvchi yoshlari o’rtasida belashildi. Unda 1- o’rin 2-maktab 8-sinf o’quvchisi Egamberdiyeva Bahtiniso, 2-o’rin 12-maktab 9-sinf o’quvchisi Umidullayeva Shaboda, 3-o’rin 8-maktab o’quvchisi Timurova Bahor, namunatsiyalar bo’yicha 36-maktab o’quvchisi Chorshanbiyeva Shohsanam Eng yaxshi vatan haqda yozilgan she’r muallifi nomunatsiyasini egalangaligi uchun 47-maktab o’quvchisi Boyto’rayeva Jasmina Bolalikni ochib bergan she’r nominatsiyasini egallaganligi uchun 26-maktab o’quvchisi Normurodova Ozoda Ona haqda aytilgan eng tasirli she’r uchun faxriy yorliq va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.