Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi.
21-25-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Ozbekiston-kitobxonlar yurti” V -Respublika “Kitobxonlik haftaligi doirasida Muzrabot tuman hokimligi, tuman Axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi hamkorligida tuman miqyosida yoshlarni rag’batlantirish, ularni o’z aql-zakovatini namoyon etishga ko’maklashishga, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish , kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida «Men muallifman» ko’rik-tanlovi tashkil etilgan edi. Ushbu tanlovning tuman bosqichi juda ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Ko’rik-tanlovning tuman bosqichida 2-11-14-16-19-25-26-36-47-57-8-IDUM umumta’lim maktablarining bilimli – iqtidorli kitobxon o’quvchilari ishtirok etishdi. Ko’rik-tanlovni tuman Axborot-kutubxona markazi direktori B. Xursanov ochib berib, yoshlarni kitobga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida, o’z fikr mulohazalarni bildirib kitobxon yoshlarga omad tiladi. «Men muallifman» ko’rik-tanlovining tuman bosqichida 1-o’rinni 19-maktab o’quvchisi Y.Jonpo’latov,2- o’rini 16-maktab o’quvchisi Sh.Norqobilova, 3-o’rinni 26-maktab o’quvchisi M.Nortosheva va 8-IDUM o’quvchisi O’.Saidovlar g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Bundan tashqari «Eng yaxshi Vatan haqida yozilgan sh’er muallifi» nominatsiyasi bo’yicha 57-maktab o’quvchisi R.Jo’rayeva,»Bolalikni ochib bergan sh’er» nominatsiyasi bo’yicha 47-maktab o’quvchisi Boyto’rayeva, «Ona haqida aytilgan eng ta’sirli sh’er» nominatsiyasi bo’yicha 14-maktab o’quvchisi M.Allamurodovalar munosib taqdirlandilar.