“Men sevgan ertak qahramoni” — bolalar dunyosida kitob bayrami”

Yangiliklar

📚🧸 “Men sevgan ertak qahramoni” — bolalar dunyosida kitob bayrami 🧸📚
Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi Bolalar bo‘limida “Bilimdon yoshlar” hamda “Yosh kitobsevarlar” klubi a’zolari bilan hamkorlikda navbatdagi “Men sevgan ertak qahramoni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida klub a’zolari faol ishtirok etib, o‘zlari sevgan ertak qahramonlari haqida qiziqarli fikrlar bildirdilar, ularning fe’l-atvori, jasorati va tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘zlab berdilar. Ushbu mashg‘ulot bolalarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, tasavvur va nutqni rivojlantirishga xizmat qildi.
📖 Ertak — bolalikning eng go‘zal xazinasi!