“Men sevgan kitob” mavzusida suhbat

Yangiliklar

📚 “Men sevgan kitob” mavzusida suhbat 📖
Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi Bolalar bo‘limi “Yosh kitobsevarlar” klubi a’zolari ishtirokida “Men sevgan kitob” mavzusida suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida klub a’zolari o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikr-mulohazalar bildirdilar, o‘qigan asarlari yuzasidan bahs-munozaralar olib bordilar hamda kitoblarni faol targ‘ib etdilar.
✨ Tadbir yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.