Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumanning 31-sonli umumta’lim maktabida kutubxonalarida metodik-amaliy yordam ishlari olib borildi. Tashrif davomida kutubxonachining faoliyati, fond holati, kitoblar bilan ishlash jarayonlari hamda o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Mutaxassis tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda ko‘mak ko‘rsatildi:
Kutubxona fondini tartibga solish, klassifikatsiya va indekslash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Elektron statistik hisobotlarni yuritish, AKM bilan uzviy hamkorlik qilish tartibi tushuntirildi.
Kutubxonachi bilan birgalikda kitoblar bilan ishlash hujjatlari (inventar daftari, talabnoma, dalolatnomalar) ko‘zdan kechirilib, zarur o‘zgartirishlar bo‘yicha maslahat berildi.
Tashrif yakunida maktab kutubxonalarida mavjud kamchiliklar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

