Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 15-maktab kutubxonachilariga metodik-amaliy yordam ko‘rsatildi.
Ushbu jarayonda kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, kitob fondidan to‘g‘ri foydalanish, kitobxonlar bilan ishlash uslublari hamda zamonaviy kutubxona xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Metodik yordam kutubxonachilarning kasbiy mahoratini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

