“Metodik qo‘llanmalarni tuzish texnologiyasi” mavzusi muhokama qilindi.

Yangiliklar

Metodik to‘garak – bilim va tajriba almashinuvi makoni!

Ayni damda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida navbatdagi metodik to‘garak bo‘lib o‘tmoqda!

Tadbir ZOOM platformasi orqali onlayn va offline tarzda tashkil etilgan bo‘lib, “Metodik qo‘llanmalarni tuzish texnologiyasi” mavzusi muhokama qilinmoqda.

Mashg‘ulot ilmiy-metodik xizmat rahbari S.Kamilova va yetakchi mutaxassis M. Xoliqovalar tomonidan olib bormoqda.

Bizning mutaxassislarimiz ham mazkur mashg‘ulotda onlayn tarzda faol ishtirok etmoqdalar!