🍥 3-iyun kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tumanning “Bodomzor” MFY.da tashkil qilingan ko’chma kutubxonaga tashrif buyurdi.
💧Tashrif davomida kutubxonachiga me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, kutubxona fondini shakllantirish, adabiyotlardan kitobxonlar samarali foydalanishi bo‘yicha tavsiyalar berilib, amaliy-uslubiy yordam ko’rsatildi.