Milliy libos — ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan bebaho madaniy boylikdir. nomli ko’rgazma tashkil etildi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida milliy ruhda ish boshlandi. Muzrabot tuman  Axborot-kutubxona markazi jamoasi o‘z ish faoliyatini milliy liboslarda boshladi. Bu nafaqat xalqimizning boy madaniy merosini yodga olish, balki milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, ularni zamonaviy hayot tarzimizga uyg‘unlashtirish yo‘lidagi chiroyli tashabbus bo‘ldi.Milliy libos — ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan bebaho madaniy boylikdir. Uni kiyish nafaqat go‘zallik, balki faxr, tarixga hurmat va o‘zligimizni asrash ifodasidir. Axborot-kutubxona markxodimlarining ushbu tashabbusi yosh avlodga milliylik ruhini singdirish, o‘zlikni anglash va qadriyatlarga sadoqatni mustahkamlash yo‘lida ibratli qadam bo‘ldi.