Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida Juma – milliy liboslar kuni hamda 2026-yil 15-fevraldan 15-martgacha davom etadigan “Ayollarni e’zozlash oyligi” chora-tadbirlar rejasiga muvofiq “Milliy qadriyatlar atlasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Beknazarova Sayyora ochib berib, milliy liboslarimiz xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va madaniy merosining ajralmas qismi ekanini alohida ta’kidladi. U o‘z so‘zida milliy qadriyatlarni asrash, ularni yosh avlod ongiga singdirish va milliy an’analarimizni davom ettirish har birimizning muqaddas burchimiz ekanini qayd etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar milliy liboslar, atlas va adras matolarining tarixi, ularning ramziy ma’nosi hamda o‘zbek ayollarining nafosati va didini aks ettiruvchi jihatlar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

