“Milliylik – millat ko‘zgusi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Yangiliklar

20-oktyabr O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavallud topgan kun munosabati bilan
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida “Milliylik – millat ko‘zgusi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🌿
Ko‘rgazmada adibning “Ulug‘bek xazinasi”, “Diyonat”, “Tengdoshlar”, “Oqqushlar, oppoq qushlar” kabi mashhur asarlari hamda o‘zbek adabiyoti durdonalari namoyish etildi.
Ko’rgazmaning  maqsadi — adib ijodi orqali yoshlarni milliy g‘urur, vatanparvarlik va ma’naviyat ruhida tarbiyalashdir.