Joriy yilning 30-may kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumanning “ASL BOLAJON” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotiga “Moviy jamadon tashrifi” amalga oshirildi.
Markaz mutaxassisilari bolajonlarni bir nechta ertak qahramonlari bilan tanishtirib, ertak yuzasidan bir nechta savollar berdi. Zukko bolajonlar berilgan savollarga hozirjavoblik bilan javoblar qaytarishdi.
Tashrif so‘ngida Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan bolajonlarga ertak kitoblar sovg‘a qilindi.