” Moviy jamadon ” tashrifi

Yangiliklar

2025 yil 31 yanvar kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Roziya To’raqulova va Nasiba Nazarovalar tomonidan tumanning 92-sonli oilaviy nodavlat MTM tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda Moviy jamadon loyixasi doirasida “Yumshoqoy  ismli tipratikatcha” ertagini ovozli o’qish tashkil etildi va bolajonlarga o’qib eshittirildi.
Ertaklar – Bola dunyoqarashining shakllanishida ertaklarning o’rni beqiyos. Kichkintoylar ertaklarning sehrli olamiga sayr qilish orqali murg’ak tafakkurlarida haqiqiy hayot haqida tasavvur hosil qilish bilan birga jajji qalblarida ezgulikka muhabbat va yovuzlikka nafrat hissini tuyadilar. Mazkur to’plamdan o’zbek va jahon adabiyotidagi ertaklarning eng yaxshi namunalari o’rin olgan.
Sehrli ertaklar. Jahon хalqlari ertaklaridagi umumiy o’хshashlik haqida fikr borganida, ko’proq  sehrli  ertaklar  nazarda  tutiladi. Inson  qadim zamonlarda ham хayol surgan, o’zicha turli-tuman g’aroyib voqelarni o’ylab topgan. ahamiyatga ega bo’lgan.