O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 19-mart kuni yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Ushbu beshta tashabbusning to‘rtinchisi, ya’ni aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida 2025-yilning 27-mart kuni Muzrabot tumani axborot–kutubxona markazi mutaxassislari tumanning «Yangi hayot» MFY.da joylashgan «Asl Bolajon» XMTM.da “Moviy jamadon” loyihasi asosida targ’ibot ishlari olib borildi. Kitobxon bolajonlarga keltirilgan sara adabiyotlar ko’rgazmasi uyushtirilib, “Ertaklar-yaxshilikka etaklar” turkumidan “Bola podshohdir” ertak kitobidagi “Zumrad va Qimmat” ertak taqdimoti o’tkazildi.