MUHIM HAMKORLIK: MEMORANDUM IMZOLAN

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF–106-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum o‘quvchi-yoshlarning bilim doirasini kengaytirish, ularga yaratilayotgan sharoitlarni yanada takomillashtirish hamda ilmiy-intellektual salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.
Kelgusida ikki muassasa o‘rtasida qo‘shma loyihalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlikni targ‘ib etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.