Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek tavalludining 120-yilligi

Yangiliklar

Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek 1905-yili Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida tug‘ilgan.Oldin o‘rta maktabda.So‘ngra O‘rta Osiyo Davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qigan.Oybek mohir romannavis hamdir.U yaratgan “Qutlug‘ qon”, “Navoiy”, “Ulug‘ yo‘l”, “Oltin vodiydan shabadalar”, “Quyosh qoraymas” kabi roman yozgan.
Oybekning el-yurt oldidagi xizmatlari munosib baholanib, unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti, “Buyuk xizmatlari uchun” unvonlari berilgan. Oybek 1968-yil 1-iyul kuni 63 yoshida vafot etgan. Vafotidan so‘ng uning 20 jildlik to‘la asarlari majmuasi nashr etilgan. Uning xotirasiga Toshkent metropoliteni stansiyasiga uning nomi berilgan. Shuningdek, yozuvchining uy-muzeyi faoliyat yuritib keladi.Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek tavalludining 120 yilligiga bag’ishlab kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi.