✍️Muallif : Stendal
📖Qizil va qora
Oʻz davrida zamondoshlari tomonidan munosib baholanmagan,”Adabiyot latareyasida yutuq chiqmagan adib” deya ta’riflangan Stendal fransuz adabiyotining ma’rifatchilik va realizm oʻrtasidagi koʻprik hisoblanadi.
Uning asarlari orqali fransuz adabiyotiga realizm va psixologizm kirib keldi.”Qizil va qora”romani bunga yaqqol misoldir.Asarda yolgʻonlari orqali shon shuhratga intilgan oʻsmir yigit va shu yolgʻon qurbonlarining ayanchli qismatlari mahorat bilan qalamga olinadi.Jamiyat pillapoyalarini oson zabt etgan yigitning taqdiri ayanchli yakun topadi.
