Bugun biz sizga sarguzasht ishqibozlarining sevimli asari, mardlik timsoliga aylangan jahon adabiyoti durdonasini mutolaa qilishni tavsiya etamiz.
📚 Aleksandr Dyuma — “Uch mushketyor”
Fransuz adabiyotining buyuk mutafakkiri Aleksandr Dyuma qalamiga mansub ushbu asar bir necha asrlardan buyon kitobxonlar qalbidan munosib o‘rin egallab kelmoqda.
Asar haqida:
Yosh va jo‘shqin d’Artanyanning Parijga safari, uning uch nafar sodiq do‘stlari — Atos, Portos va Aramis bilan uchrashuvi hamda ularning qirolicha sharafini himoya qilish yo‘lidagi xavfli sarguzashtlari. “Barchamiz birimiz uchun, birimiz barchamiz uchun!” degan o‘lmas shior ostida birlashgan do‘stlik qissasi sizni befarq qoldirmaydi.
📍 Manzil:
Shiddatli voqealar, saroy fitnalari va haqiqiy do‘stlik ruhini his qilish uchun Muzrabot tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyuring.

