📚 Hikmatlar
✍️ Alisher Navoiy
Alisher Navoiy hikmatlariga qiziqish hamma davrlarda ham yuqori bo‘lgan. Chunki shoir ijodi — o‘ziga xos hikmat bo‘stoni: o‘zingizda tug‘ilgan har qanday savolga javob izlab, unga murojaat qilsangiz, ahvoli ruhiyatingizga mos biror hikmat topib, maqsadingiz hosil bo‘ladi. O‘ylaymizki, barcha yoshdagi va turli toifadagi keng kitobxonlar ommasini mutafakkir shoirning hassos misralari qatida yashirin ma’no durlari bilan oshno etishni ko‘zda tutgan ushbu nashr o‘quvchilarga badiiy-estetik zavq bag‘ishlab, ularning ma’naviy-ahloqiy kamolotiga xizmat qiladi.
