Majmua o’tgan asrning boshlarida faoliyat olib borgan jadid ma’rifatparvarlarining milliy adabiy til, alifbo, imlo masalalariga bag’ishlangan maqolalarining turli to’plam, gazeta va jurnallarda chop etilgan matnlari va ularning amaldagi yozuvga o’girilgan nusxasi (transliteratsiyasi)dan tashkil topgan.
Kitob o’zbek yozuvi hamda o’zbek tilshunosligi tarixi bilan shug’ullanuvchi mutaxassis-tadqiqotchilar, shuningdek, o’qituvchilar, bakalavriyat va magistratura talabalariga birlamchi manbalardan ko’chirmalar sifatida foydalanishlari uchun mo’ljallangan.
