📚”Jadidlar” – Abdulla Qodiriy
✍️ Bahodir Karimov
📜 XX asr o’zbek adabiyotining mumtoz namoyondasi, istedodli adib Abdulla Qodiriy o’zbek romanchilik maktabining asoschisi sanaladi. Uning asarlari o’zbekning har bir xonadoniga kirib bordi, har bir o’zbek kitobxonning sevimli asarlari qatoridan o’rin oldi. Abdulla Qodiriy nomi asarlari bilan birga jahonga tanildi. Shu e’tibordan Bahodir Karimovning mazkur risolasida yozuvchining hayoti, ijodi, romanlari, satirik asarlari tahlili va qodiriyshunoslik xususida ma’lumot beriladi. Shu bilan birga, kitobdan adibning hikmatli so’zlar hamda boshqalar tomonidan e’tirof etilishi ham o’rin olgan.
Risola keng o’quvchilar ommasiga mo’ljallangan
