Yoz faslining ma’naviy va madaniy hayotini boyitish, maktab oromgohlarida dam olayotgan bolalar va yoshlar uchun foydali mashg‘ulotlar tashkil etish maqsadida Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi ishlari izchil olib borilmoqda. Bugun kutubxona xodimlari 1-umumta‘lim maktabiga tashrif buyurdi. Kutubxonada mavjud bo’lgan bolalar adabiyotlari, ertak, hikoya, entsiklopediya kitoblaridan ko‘rgazma tashkil qilindi hamda shu kitoblar haqida ma’lumot berdi.
Loyiha — o‘quvchilarning yozgi ta’til vaqtini sermazmun o‘tkazish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ijodkorlik va tafakkur salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.