«Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida Respublika III “Kitobxonlik haftaligi”

Yangiliklar

2020-2025- yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab – quvvatlash milliy dasturini 2022-2023- yillarda amalga oshirish bo’yicha «Yo‘l xaritasi» ga asosan 11-aprel kuni Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostidagi Respublika III “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tuman Hokimligi, tuman Xalq ta’lim bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muzrabot tuman bo‘linmasi hamda tuman Аxborot-kutubxona markazi hamkorligida tumandagi kitobxon yoshlari o‘rtasida “Yil hikoyasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etilib hududiy (1-sektor) bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda tumandagi 2-5-14-15-17-23-25-42-43-47-50-55-umumta’lim maktab o’quvchi yoshlari o’rtasida bo‘lib o‘tdi.