«Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida Respublika III “Kitobxonlik haftaligi”

Yangiliklar

2020-2025- yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab – quvvatlash milliy dasturini 2022-2023- yillarda amalga oshirish bo’yicha «Yo‘l xaritasi» ga asosan joriy yilning 12-aprel kuni Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostidagi Respublika III “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tuman Hokimligi, tuman Xalq ta’lim bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muzrabot tuman bo‘linmasi hamda tuman Аxborot-kutubxona markazi hamkorligida tumandagi kitobxon yoshlari o‘rtasida “Yil hikoyasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etilib hududiy (2-sektor) bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda tumandagi 7-8-10-11-12-12–26-32-37-39-7 IMI umumta’lim maktab kitobxon yoshlari o’rtasida bo‘lib o‘tdi. Tanlovni tuman Axborot-kutubxona markazi direktori B.Xursanov ochib, xozirda respublika miqyosida o’tkaziladigan “Kitobxonlik haftaligiga” faol qatnashish kerakligi haqida aytib o’tdi. Shundan so’ng tuman Xalq ta’lim bo’limi metodisti X. Xamroyev tanlov bo’yicha o’z fikr muloxazalarini bildirdi.