2020-2025- yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab – quvvatlash milliy dasturini 2022-2023- yillarda amalga oshirish bo’yicha «Yo‘l xaritasi» ga asosan joriy yilning 13-aprel kuni Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostidagi Respublika III “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tuman Hokimligi, tuman Xalq ta’lim bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muzrabot tuman bo‘linmasi hamda tuman Аxborot-kutubxona markazi hamkorligida tumandagi kitobxon yoshlari o‘rtasida “Yil hikoyasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etilib hududiy (3-sektor) bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda tumandagi 1-4-6-21-31-33–36-45-46-53- umumta’lim maktab kitobxon yoshlari o’rtasida bo‘lib o‘tdi. Tanlovni tuman Axborot-kutubxona markazi direktori B.Xursanov ochib, berdi. Hamda xozirda respublika miqyosida o’tkaziladigan “Kitobxonlik haftaligiga” faol qatnashish kerakligi haqida aytib o’tdi.