Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi.

Yangiliklar

📚✨ Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi ✨📚
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida o‘quvchi-yoshlar hamda talaba yoshlar uchun kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi. Tadbirga tumanning 1-53 maktab o’quvchilari qatnashdilar.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar:
🔹 kutubxona fondlari,
🔹 zamonaviy xizmat turlari,
🔹 elektron resurslar va ma’lumotlar bazalari,
🔹 o‘quv zallari hamda yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ilmiy izlanishlarga yo‘naltirish hamda axborot-resurslardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
📖 Kutubxona — bilim sari ochilgan eshik!
Yoshlarimizni doimo kutib qolamiz! 🌟

Tadbirga 42 nafar o’quvchi yoshlar qatnashdilar.