Muzrabot tuman yoshlari uchun “Kitob karvoni” yetib keldi!
“Kitob karvoni” – bu xalqni kitob bilan, kitobni esa xalq bilan bog‘laydigan ma’naviy ko‘prikdir.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev tashabbusi bilan Muzrabot tuman yoshlari uchun yo‘lga chiqarilgan “Kitob karvoni” o‘z manziliga yetib keldi.
“Kitob karvoni” tashabbusining maqsadi — aholida, ayniqsa yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ma’naviy-ma’rifiy saviyani yuksaltirish, hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilishdir.

