Muzrabot tumani hokimi Mamatqulov Abdulla Abdimo’minovich tuman axborot-kutubxona markazida bo‘lib, ziyo maskanida xodimlar va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Kutubxona jamoasining kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirib, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yosh avlodning milliy g‘urur, iftixor, Vatanga muhabbat va yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari haqida dildan suhbatlashdi. Kitob fondi bilan qiziqdi.
Ular o’z tashriflarida kutubxonaning Axborot-komunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish bo’limida bo’lib ularga kitobxonni jalb qilish va markazning internet tarmog’ini yuritish, obodonlashtirish ishlari va kitobxonlarga yaratilgan qulayliklar yuzasidan o’z fiklarini bildirib o’tdilar.
Tashrif so’ngida kutubxonaga va kutubxona ijtimoiy tarmoqlariga a’nanaviy va online a’zo bo’ldilar.