Muzrabot tumani hokimi v.b Baxrom Xidirov tuman axborot-kutubxona markazida bo‘lib, ziyo maskanida xodimlar va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Yangiliklar

🫥 Kutubxona jamoasining kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirib, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yosh avlodning milliy g‘urur, iftixor, Vatanga muhabbat va yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari haqida dildan suhbatlashdi. Kitob fondi bilan qiziqdi.

🫥  Uchrashuv davomida tuman rahbari axborot-kutubxona markaziga 500 dona she’riy va nasriy, jahon adabiyoti durdonalari, ijodiy-ilmiy asarlardan iborat kitoblar jamlanmasini topshirdi.

🫥 Tuman hokimining tuhfasi bilan axborot-kutubxona markazi 16 mingga yaqin kitob fondiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari 800 ga yaqin elektron adabiyotlar mavjud.

🫥 Mamlakatimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik keng targ‘ib qilinayotgan hozirgi paytda tuman hokimining ma’rifat maskani bilan tanishib, kitob fondini boyitishga hissa qo‘shgan boshqa rahbarlar ham ibrat olsa arziydigan fazilat.

📍 “Kitobxonlik haftaligi” doirasida yangi kitoblar taqdimoti, kitob savdo ko‘rgazma-yarmarkalari, turli aksiya va viktorinalar, mahorat darslari, shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.