Muzrabot tumanida “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Muzrabot tumanida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sog‘lom va barqaror oilalarni rag‘batlantirish maqsadida “Ibratli oila” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi v.b Bahrom Xidirov ishtirok etib, o‘z so‘zida oila-jamiyatning mo‘jaz ko‘rinishidir. Unda totuvlik va baxtiyorlik barqaror bo‘ladi va oila muqaddas, oila millat sharafi yuqori martabaga ko‘taradigan madaniyat o‘chog‘idir deya ta’kidladi.
Tuman hokimi tomonidan turli sohalarda namuna bo‘layotgan, jamiyatda o‘rnak sifatida e’tirof etilayotgan 5 ta oilalarga ko‘krak nishonini hamda esdalik sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi.