📚✨ Nabijon Hoshimov ijodi — ma’naviyat va hayot aks-sadosi ✨📚
O‘zbek adabiyotining taniqli namoyandasi, yozuvchi va dramaturg Nabijon Hoshimov ijodini keng targ‘ib etish maqsadida uning asarlariga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada adibning badiiy asarlari, sahna asarlari hamda ijodiy faoliyatiga oid manbalar o‘rin olib, kitobxonlarga uning boy adabiy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi. Tadbir adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, yoshlar ongida milliy adabiyotimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
📖 Adib ijodi — qalblarga yetib boradigan so‘z qudrati!

