Yurtimizda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan jadidchilik harakati, jadidlarning ezgu amallari, ular ilgari surgan g’oyalar bugungi Yangi O’zbekistonning amalda olib borayotgan yosh avlodning barkamolligi yo’lidagi sa’y-harakatlari bilan hamohangdir, yangi avlod tarbiyasida jadid namoyondalarining beqiyos hizmatlari bor.
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida 2-sektor hududida joylashgan maktab o’quvchilari va o’qituvchilari bilan hamkorlikda “Najot yo’lini ko’rsatganlar” nomli davra suhbati o’tkazildi. Unda xalq maʼnaviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, alaloqibat qatag‘onga uchraganlar Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Isʼhoqxon Ibratlarning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi.