📚 Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir 📚
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi hamda tumanning 13-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bilan hamkorlikda so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Hazrat Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida bolajonlar Alisher Navoiy hayoti va ijodi bilan tanishtirildi, she’r va hikmatli so‘zlardan namunalar o‘qildi. Mazkur tadbir yosh avlod qalbida milliy adabiyotimizga bo‘lgan mehr, kitobga qiziqish hamda ma’naviy tarbiyani mustahkamlashga xizmat qildi.
📖 Navoiy merosi — avlodlar qalbida mangu!

