2024 yil 4-aprel kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bolimi bilan hamkorlikda o’tkazilgan «Navoiy vorislari» ko’rik-tanlovining 3-sektor bosqichi bo’lib o’tdi. Unda tumandagi 1-maktab 8-IDUM 12-maktab 31-maktab 36-maktab 48-maktab o’quvchi yoshlari o’rtasida bo’lib o’tdi. Ko’rik-tanlov uch shart bo’yicha bellashdilar, 1-shart baxrubayt 2-shart g’azalni ifodali aytish, va 3-shart erkin mavzu asosida bellashildi. Ushbu ko‘rik-tanlov orqali o‘quvchi-yoshlar ulug‘ mutafakkir bobomizni naqadar bilishlarini, ijodiyotiga qiziqishlarini bilib olish mumkin bo‘ldi. Tanlov shartlariga ko‘ra ishtirokchilar iqtidorli yoshlar tamonidan Navoiy g‘azal va ruboiylarni ifodali o’qshligini, hayat azolari tamonidan munosib baholanib borildi. Ko’rik-tanlovning maqsadi, Navoiyning insonparvarlik g‘oyalari bilan yoshlarni qurollantirish. Navoiy ijodi orqali o‘zbek tili va adabiyotining nufuzini yuksaltirishga erishish. Navoiy ijodi orqali yoshlarning yozma va og‘zaki nutqi shakllantirish. Ko’rik-tanlovda 1-o’rini 8-IDUM o’quvchisi Xakimova Sabina, 2-o’rini 36-maktab o’quvchisi G’aboralieva Laylo, 3-o’rini 1-maktab o’quvchisi Safaralieva Saodat. g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Tadbir Ko‘taringki ruhda bo’lib o’tddi.
