2024 yil 5-aprel kuni Adabiyot insonni goʼzallikka yetaklovchi, maʼnaviy va ruhiy olamini boyituvchi, poklovchi qudratli vositadir. Sheʼriyatga oshno boʼlish, badiiy asarlarni mutolaa qilish yosh avlod qalbida ezgulik, olijanoblik va insoniylik tuygʼularini kamol toptiradi. Zotan, ona tiliga, adabiyotga muhabbat – bu Vatanga,millatga muhabbatdir. Shu munosabati bilan, Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bolimi bilan hamkorlikda o’tkazilgan «Navoiy vorislari» ko’rik-tanlovining 4-sektor bosqichi bo’lib o’tdi. Unda tumandagi 18-maktab 19-maktab 22-maktab 27-maktab 38-maktab o’quvchi yoshlari o’rtasida o’tkazildi. Ko’rik-tanlov uch shart bo’yicha bellashdilar, 1-shart baxrubayt 2-shart g’azalni ifodali aytish, va 3-shart erkin mavzu asosida bellashildi. Ushbu ko‘rik-tanlov orqali o‘quvchi-yoshlar ulug‘ mutafakkir bobomizni naqadar bilishlarini, ijodiyotiga qiziqishlarini bilib olish mumkin bo‘ldi. Tanlov shartlariga ko‘ra ishtirokchilar iqtidorli yoshlar tamonidan Navoiy g‘azal va ruboiylarni ifodali o’qshligini, hayat azolari tamonidan munosib baholanib borildi. Navoiy ijodi orqali o‘zbek tili va adabiyotining nufuzini yuksaltirishga erishish. Navoiy ijodi orqali yoshlarning yozma va og‘zaki nutqi shakllantirish. Ko’rik-tanlovda 1-o’rini 38-maktab o’quvchisi Xaitmurodov Ikrom, 2-o’rini 22-maktab o’quvchisi Begimqulova Barchinoy, 3-o’rini 27-maktab o’quvchisi Norboeva Charos, g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Tadbir Ko‘taringki ruhda bo’lib o’tdi.