Bugun Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida Tuman hokimligi, tuman Хalq ta’lim bo’limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muzrabot tuman bo‘linmasi hamda tuman Аxborot-kutubxona markazi hamkorligida “Navoiy vorislari” ko’rik-tanlovining hududiy bosqichi bo’lib o’tdi. Bunda tumandagi 2-15-17-23-37-43-50-55-57-umumta’lim maktab o’quvchilari ishtirok etdi. Ko’rik-tanlovda 2-maktabning 6-sinf o’quvchisi Nurimaxmatova Faraxnox g’olib bo’lib keying tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
