Bugun Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida Tuman hokimligi, tuman Хalq ta’lim bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muzrabot tuman bo‘linmasi hamda tuman Аxborot-kutubxona markazi hamkorligida “Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bunda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo’lga kiritgan 1-2-7-21-22-26-36-38-umumta’lim maktablarining o’quvchilari ishtirok etdi. o‘quvchilari ishtirok etdi.Tanlovni 8-IDUM ona-tili va adabiyot fani o‘qituvchisi N. Eshboyeva , tuman AKM xodimi S.Beknazarova hamda tuman hokimligidan Sh. Xolto‘rayevlar odilona baxolab borishdi. “Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida faxrli I-o’rinni 26-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Toshpo‘latova Rayxona, II-o‘rinni 2-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Nurimaxmatova Faraxnoz, III-o’rinni 1-maktab 7-sinf o‘quvchisi Baxromova Mashxuralar qo‘lga kiritdi. Tanlov juda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
